IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR UCHUN DARSLIK MAJMUALARINI YARATISH BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVI O‘TKAZILADI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan, integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari boshlandi.
Darslik majmualari:
➖ Matematika 6-sinf darslik majmuasi
➖ Informatika va AKT (7-sinf) darslik majmuasi
➖ Ona tili (8-sinf) darslik majmuasi
➖ O‘zbekiston tarixi (8-sinf) darslik majmuasi
TALAB ETILADIGAN MUTAXASSISLAR:
➖ Tuzuvchi-mualliflar
➖ Illyustratorlar
➖ Dizayner-verstkachilar
➖ Masʼul muharrirlar
➖ Musahhihlar
Tanlovda qatnashishni istaganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
➖ ishtirok etish uchun ariza;
➖ maʼlumotnoma-obyektivka (telefon raqam ko‘rsatilgan holda), pasport nusxasi
➖ partfolio (ish tajribasi)
Hujjatlarni kitob@piima.uz manziliga elektron yoki Agentlikka qog'oz variantida yuborish talab etiladi.
BOG‘LANISH UCHUN:
Telefon: (71) 207-20-17 (271)
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 1-A uy