Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan turli test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Namangan shahridagi Prezident maktabi 11- sinf o'quvchilari uchun bir haftalik A va AS daraja olish uchun imtihondan oldingi sinovlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu imtihonlar Cambridge qonun-qoidalari asosida tashkil etiladi.
O‘quvchilar bu orqali bir vaqtning o‘zida nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi, balki qaysi jihatlarda o‘z ustilarida ishlashlari lozimligini ham bilib olishadi.