PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA

#imtihon_2024
#call_markaz

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA.

📥 2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan:

➖Prezident maktablariga 62 062 ta;
➖Ijod maktablariga 5 512 ta;
➖Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42 785 ta;
➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 019 ta.

📊 Hozirgi kunda "Qabul-2024" jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli call-markazga bir paytning oʻzida minglab murojaatlar boʻlayotganligi sababli ushbu raqamga bir martada bogʻlana olmasligingiz mumkin.

📶 Shu sababli 1206 qisqa raqamiga qaytadan qoʻngʻiroq qilib savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.