#Summativ_baholash
❗️PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDAGI BAHOLASH TIZIMI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA HAM JORIY ETILADI
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi (https://t.me/uzedu/22064?single).
📝 Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.
✔️ Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko‘zda tutilgan.