Ushbu Navroʻz sayliga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova ham tashrif buyurdi.
Sayil davomida robototexnika musoboqasi, varrak uchirish, shaxmat-shashka va stol tennisi, kurash sport bellashuvlari, milliy taomlar va liboslar koʻrgazmasi hamda milliy anʼanalar namoyishi oʻtkazildi.
Shu bilan birga tashkil etilgan bayram tadbirida san’atkorlar, maktabning chet ellik o‘qituvchilari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Bayram shukuhi davom etmoqda.