2021 yil 7 aprelda Nukus shahridagi Prezident maktabida Butunjahon Sog'liqni Saqlash kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi.
Maktabdagi tadbir doirasida flesh-mob,shuningdek,o'quvchilar va tibbiyot xodimlari oʻrtasida suhbat uyushtirildi.
Kun mavzusiga doir savollardan iborat viktorina tashkil etildi.
O'tkazilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar uchun nafaqat qizg'in balki foydali ham bo'ldi deyish mumkin. Bundan tashqari, 5 muhim tashabbus ijrosi yuzasidan ham olib borilayotgan ishlar davomi sifatida alohida ahamiyatga ega deyish mumkin.