O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 5 muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishda yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatini oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni amalga tadbiq etish Agentlik tizimidagi maktablarda ham izchil olib borilmoqda.
Xususan, “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida Agentlik tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari ishtirok etmoqda:
Hafiza Hasanova, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi
Javohir Karimov, Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi
Aynura Alimojonova, Nukus shahrida joylashgan Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi