murojaatlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari Agentligiga 2023 yilda kelib tushgan murojaatlar taxlili

2023-yilning 12 oyida 801 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 635 tasiga tushuntirish mazmunida javob xatlari berilgan, 149 tasi qanoatlantirilgan, 12 tasi boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 1 tasi rad etilgan, 4 tasi jarayonda.

Murojaatlarning 547 tasi maktablarga o‘qishga joylashtirish, 89 tasi kadrlar, 54 tasi Maktab faoliyati bilan bog‘liq (qurilish, yer ajratish, yangidan tashkil etish), 47 tasi moliyaviy, 38 tasi o‘quv jarayoni bilan bog‘liq, 19 tasi ta’lim sifati va 7 tasi Maktab bitiruvchilarini o‘qishga joylashtirish masalalaridir.

2022-yilning 12 oyida 1006 ta (2021-yilning 12 oyida 565 ta) murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 972 (545) tasiga tushuntirish mazmunida  javob  xatlari  berilgan  va  34  (20)  tasi  qanoatlantirilgan.

2022-yilda kelib tushgan murojaatlarning 799 tasi Prezident virtual va Xalq qabulxonalari, 129 tasi yozma murojaatlar, 23 ta Vazirlar Mahkamasidan, 21 ta Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan, 9 ta Oliy taʼlim vazirligidan va 25 ta boshqa tashkilotlardan kelib tushgan.

Murojaatlarning 580 tasi ixtisoslashtirilgan muassasalarga oʻqishga joylashtirish, 164 ta taʼlim sifati, 130 ta oʻquv jarayoni, 103  ta  kadrlar  masalasi  va  29  tasi  moliyaviy  masalalar  bilan  bogʻliq.

2023-yil 1 chorak

Joriy yilning 3 oyida 81 ta (2022-yilning 3 oyida 44 ta) murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 65 (44) tasiga tushuntirish mazmunida javob xatlari berilgan, 7 (0) tasi qanoatlantirilgan, 5 (0) tasi boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 (0) tasi quyi  tashkilotga  yuborilgan,  2  (0)  tasi  tugatilgan.

Murojaatlarning 53 tasi Prezident virtual va Xalq qabulxonalari, 20 ta yozma murojaatlar, 6 ta Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va  2  ta  boshqa  tashkilotlardan  kelib  tushgan.

Murojaatlarning 34 tasi maktablarga oʻqishga joylashtirish, 14 ta moliyaviy masalalar, 13 ta taʼlim sifati, 12 ta kadrlar masalasi va  8  tasi  oʻquv  jarayoni  bilan  bogʻliq.