Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda viloyatdagi harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.