2 MILLION DOLLARDAN ORTIQ  GRANT SOHIBLARI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabining  2 nafar o'quvchisi jami 2 million AQSH dollaridan ortiq grantni qo‘lga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining 11- sinf o‘quvchisi Azizbek Abdurashidov dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 9 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. U jami 1 016 000$ miqdoridagi grantga ega bo'lgan.

Shuningdek, maktabning yana bir o'quvchi Musoxon Ismoilov dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 9 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. Musoxon jami 1 058 000$ miqdoridagi grantga ega bo'lgan.

O'quvchilarimizning keyingi ishlarida ham omad tilaymiz!