21 TA XALQARO TANLOV VA OLIMPIADALAR G'OLIBASI ENDI ARIZONA UNIVERSITETI DASTURIDA O'QIYDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining  8-sinf o'quvchisi Adiba Tojimirzayeva AQSHdagi Arizona Universitetining "UArizona Academy" deb nomlangan iqtidorli o'quvchilar uchun o'quv dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Adiba "UArizona Academy" darslarida onlayn ishtirok etadi.

Ma'lumot o'rnida, Adiba 21 ta xalqaro va 3 ta Respublika olimpiadalari g'olibasi hisoblanadi. Shuningdek,  IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgan.
_____
The 8th grade student of Tashkent Presidential school Adiba Tojimirzaeva have earned admission to the University of Arizona as part of the UArizona Academy program, a program for talented students.