24-YANVAR - XALQARO TA’LIM KUNI!

24-YANVAR - XALQARO TA'LIM KUNI!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, 24-yanvar “Xalqaro ta’lim kuni” deb e’lon qilingan.

Bu yilgi Xalqaro ta’lim kuni “Inson uchun eng yaxshi sarmoya - ta’limga kiritilgan sarmoyadir“ (“To Invest in People, Prioritize Education”) shiori ostida nishonlanmoqda.

Ta’lim sohasini rivojlantirmasdan mamlakatni taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Zero, sifatli va uzluksiz ta'limni rivojlantirish O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Xususan, ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident, 9 ta ijod, 171 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar hamda "Yangi O‘zbekiston" universiteti faoliyat olib bormoqda. 

Ularning barchasida yoshlarimizga jahon standartlari asosida ta’lim berib kelinmoqda.