26-aprel O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

YURAKKA KO'MILAR ASL SHOIRLAR... Bugun, 26-aprel kuni O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tug'ilgan kun. Shoir hayot bo'lganida 67 yoshga to'lgan bo'lardi. U o'nga yaqin she'riy to'plam, ko'plab qo'shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Muhammad Yusuf ijodiga xos xususiyat - bu uning she'riyatida oltinday yarqirab turuvchi soddalik, xalqonalik. Uning har satri, har bayti, bir qarashda oddiy, ammo teran, obrazli mushohadalar bilan ziynat topgan. Shoir butun borlig'ini, iste'dodini Vatan madhini tarannum etishga bag'ishlagandi... Vatanim Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim, O'zim xoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim…