3 SAVOLGA 3 JAVOB: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o‘rgatiladi?
➖Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lgan holda tashkil etiladi.

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar imtihon kuni va vaqtini qanday bilib olishlari mumkin?
➖Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirilgan vaqtda ariza yuboruvchilar tomonidan kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yo‘llanadi.

❓Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma: https://t.me/jangirov_j/269

☎️ Call-markaz: 1206