Oldinroq xabar qilganimizdek, matematika fanidan bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlandirish maqsadida respublika umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Qo‘qon olimpiadasi”ning respublika bosqichiga start berilgan edi. Olimpiada natijasiga ko'ra, Prezident ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarning 3 nafar o'quvchisi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Marhamat, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan tanishing:
5, 6, 7-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Sunnatov Asilbek G'ofurjon o'g'li (Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy maktabi)
2-o‘rin- Axtamov Ozodbek To'lqinovich (Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy maktabi )
3-o‘rin- Kamolov Abdurashid O'tkirjonovich (Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi).
8, 9-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich (Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi)
2-o‘rin- Qodirov To'ymurod Suxrob o'g'li (Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi)
3-o‘rin- Xolelov Suxrob Umarovich (Navoiy viloyati, Navoiy shahar fizika matematika va ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab internati).
10, 11-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Saparbaev Sarvar (Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Prezident maktabi)
2-o‘rin- Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li (Sirdaryo viloyati, Guliston tumani 23-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi)
3-o‘rin- Keldiyarov Fatxulla Xayrulla o`g`li (Toshkent shahri, O`zbekiston milliy universiteti akademik litseyi (S.H.Sirojiddinov).
Barcha g'oliblarni muborakbod etamiz, keyingi o'qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!