5 Tashabbus amalda

Joriy yilning 5-may sanasida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 5 muhim tashabbusning 2-tashabbusi yoshlarning jismoniy madaniyatini yuksaltirish, o'quvchilarning hayotda sog'lom va baquvvat bo'lishlari uchun, darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va madaniy hordiq chiqarishlari maqsadida hamda 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan ijod maktabining 6-9-sinflar o'quvchilari o'rtasida Jismoniy tarbiya o'qituvchisi A.Mirazimov va yoshlar yetakchisi S.Obidov boshchiligida “Ajdodlar yodi bizga madadkor!” nomi ostida sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu sport musobaqasida o'quvchilar sportning 2 turi volleybol hamda qo'l to'pi turlari bo'yicha musobaqalashdilar.

Dastlab 8 va 9-sinflar o‘quvchilari sportning volleybol turidan musobaqalashdilar. O‘yinda 9-sinf o‘quvchilarining qo‘li baland keldi. So‘ngra maydonda 6 va 7-sinf o‘quvchilari bellashdilar. Bu o‘yinda 7-sinf o‘quvchilari g‘alabaga erishishdi va 9-sinf o‘quvchilari bilan finalda baxslashadigan bo‘lishdi.

Sportning qo‘l to‘p turi bo‘yicha ham barcha sinf jamoalari musobaqalashishdi. Dastlab 8 va 9-sinf o‘quvchilari so‘ngra 6 va 7-sinf o‘quvchilari g‘oliblik uchun kurashishdi. Yakunda 7 va 9-sinflar jamoalari finalga chiqishdi.

Final ancha qiziqarli va kutilmagan vaziyatlarga boy bo‘ldi. Sportning volleybol turi bo‘yicha finalda 9-sinf o‘quvchilari 7-sinf jamoasini finalda yengishdi, qo‘l to‘pi turi musobaqsida esa 7-sinf jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritishdi.

O'yin davomida barcha o'quvchilar birdek faol bo'lishdi va o'yinlar ancha qiziqarli va shiddatli kechdi. Bunday musobaqalarning ko'proq tashkil etilishi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tishiga sababchi bo'ladi.

 S.Obidov, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi yoshlar yetakchisi