56-XALQARO MENDELEYEV OLIMPIADASIGA START BERILDI

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, "Yevroxim" kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ikki yillik karantindan so‘ng offlayn tarzda o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadaga 16 davlatdan 100 dan ortiq kimyo faniga qiziquvchi o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.

Tadbirni Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ochib berdi:

Yurtimizda yoshlarga sifatli ta’lim berishga e’tibor yuqori. Davlatimiz rahbari bejizga “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” deb aytmaganlar. Bu maktab ta’limining ahamiyatiga berilgan yuqori bahodir.

«Mendeleyev olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkazilayotganidan va offlayn shaklga qaytganidan xursandmiz. Olimpiada tarixiga nazar tashlasak, O‘zbekiston bu nufuzli olimpiada eng ko‘p o‘tkaziladigan davlatlardan biri ekanligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti. Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, al Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ bobokalonlarimiz jahon ilm-fani rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Keyingi avlodga ularning meroslari dasturilamal bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonlik yoshlarning bugungi kunda turli xalqaro intellektual musobaqalarda, fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlari buning isbotidir. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda O‘zbekiston yoshlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, 88 ta medalni qo‘lga kiritishgan.


Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1997 yildan buyon maktab o‘quvchilari uchun Kimyo bo‘yicha Butunittifoq olimpiadasi raqamlashtirishni saqlab qolgan. 2004 yildan boshlab xalqaro Mendeleyev olimpiadasida MDH va boltiqbo‘yi mamlakatlarining maktab o‘quvchilaridan tashqari Bolgariya, Makedoniya va Ruminiya terma jamoalari ishtirok eta boshlashdi. 2012 yildan boshlab Vengriya, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham olimpiadada ishtirok etishdi. 2016 yilda olimpiadada ilk bor Isroil, Mo‘g‘iliston va Nigeriya terma jamoalari ishtirok etishdi. 2022 yilda Bangladesh birinchi marta olimpiadagi ishtirokni tasdiqladi.

“Biz bundan 15 yil avval “YevroXim” kompaniyasi Mendeleyev olimpiadasini qo‘llab-quvvatlab, uning ishonchli hamkoriga aylanganidan juda fahralanmiz, – dedi “YevroXim» mineral kimyo boshlig‘i Vladimir Torin. “O‘tgan yillar davomida minglab iqtidorli yigitlar o‘zlarini isbotlay oldidlar, yaxshi kasb topishdi va nafaqat Rossiya, balki jahon ilm-fan va texnologiyasini ham rivojlantirishdilar”.

Jo‘rabek Mirzamaxmudov, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi – “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati nomidan ushbu olimpiadada ishtirok etayotgan yoshlarni chin ko‘ngildan tabriklayman. Kimyo sanoati so‘nggi yillarda jadallik bilan o‘zgarib boryapti. Albatta, fanni rivojlanishi mutaxassislarsiz bo‘lmaydi. Umid qilamizki, bugungi olimpiadada ishtirok etayotgan, saralab olingan o‘quvchilarimizdan munosiblari g‘olib bo‘lishadi. Bu sohani keyingi bosqichga olib chiqishda o‘z hissalarini qo'shishadi.

Ochilish marosimida hakamlar hayʼati aʼzolari va xorijlik ishtirokchilarning fikrlari bilan ham qiziqdik.

Ortiqboy Eshonqulov, 56-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasidagi O‘zbekiston terma jamoasi rahbari, professor:
 –
 2008 yildan buyon Xalqaro Mendeleev jamoasiga O‘zbekiston jamoasi doimiy  qatnashib har yili faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Umumiy hisobda O‘zbekiston 156 ta medal olgan. Ulardan 20 ta oltin, 47 ta kumush va 80 ga yaqin bronza medallarni qo‘lga kiritishgan.

 

Abdulla Almaltel, BAA terma jamoasi ishtirokchisi:
-
Men birinchi marta ushbu olimpiadada ishtirok etishim. Ishonchim komilki, raqib jamoalar ham biz kabi muvaffaqiyat qozonishga ko‘p tayyorlanishgan. Biz o‘zimizga va qilgan mehnatimizga ishonamiz. Biz deyarli 4 yildan beri tayyorgarlik ko‘rib kelmoqdamiz. Shu vaqt ichida bizga intensiv kimyo kurslari ham o‘rgatilmoqda. Bu kurslar davomida biz kimyo fanining ko‘p jabhalarini o‘rgandik. Biz ushbu olimpiadada yaxshi natija ko‘rsatishimizga ishonamiz. Biz ko‘plab kumush va bronza medallari yutganmiz lekin afsuski oltin medal hali nasib etmadi. Ishonch bilan ayta olamanki, biz ushbu olimpiadada ko‘p medallarga ega bo’lamiz, shu qatorda oltin medalga ham.