A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
A-level imtihonini topshirish istagida bo'lgan talabgordan
- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi,
- amaldagi pochta va telefon raqami,
- ta'lim olayotgan muassasa haqidagi ma'lumot (maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi) hamda
- imtihon topshirishni istagan fanlar ro'yxatini tanlash talab etiladi.
Imtihonlar uchun onlayn arizalarni https://alevel.piima.uz/ sayti orqali to'ldirishingiz mumkin.