Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi jahonning Top 150 Universitetiga qabul qilindi

Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf oquvchisi, Ibrohim Karimjonov jahonning TOP 150 talikka kiruvchi ikki universitetga qabul qilindi.

Ma’lumot o’rnida, Buyuk Britaniyaning Bristol Universiteti dunyo bo'yicha 62 o'rindagi, Lancaster Universiteti esa 132 o'rindagi oliy bilim yurtlari hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Ibroxim biroz oldinroq Birmingem Universitetiga ham qabul qilingan edi. Biz Prezident ta'lim muassasalarining barcha bitiruvchilariga muvaffaqiyat tilaymiz va ularga kuchli ishonch bildiramiz.