Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti tomonidan tashkil qilingan Abdulla Oripovning tavalludining 80 yilligiga atab o'tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir avvalida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hududida barpo qilingan Abdulla Oripov nomidagi yoshlar bog'ining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Undan so'ng ushbu institut ichida tashkil qilingan Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid muzeyning ochilish marosimi ham bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli shoir va yozuvchilar, jamoat arboblari, institutning professor o'qituvchilari, shoirning oila a'zolari, maktab o'quvchilari ishtirok etishdi. 

Tadbirning ikkinchi qismida taniqli san’atkorlar o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarni xushnud etishdi.