Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 63 nomdagi 6 500 ta adabiyot taqdim etildi.

Unda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Botir Ergashev va O'zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton ishtirok etishdi.

✔️Tadbir so‘ngida Abdulla Qodiriy ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari “She'riyat guldastasi” nomli chiqishlarini namoyish etdilar.