Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog-tarbiyachisi Behzodbek Boltayev “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibiga aylandi.

Behzodbek Boltayevga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etildi.

Koʻkrak nishoni oʻquvchilarni Xalqaro olimpiadalarga tayyorlagani uchun Behzodbek Boltayevga taqdim etildi.

Shuni taʼkidlash kerakki, Behzodbek Boltabayev Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kimyo fani oʻqituvchisi boʻlib, yoshlarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshmoqda.

U Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 2 ta kumush medal gʻolibi, Butunjahon kimyo fan olimpiadasida 2 ta oltin medal gʻolibi boʻlgan. Shu bilan birga Behzodbek Boltabayev “Mard oʻgʻlon” va “Shuhrat” medallari sohibi.