Agentlik delegatsiyasi Butunjahon ta’lim forumida

Prezident ta’lim muassasalari agentligining rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkori Cambridge Assessment International Education, Times Higher Education va British Council tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Butunjahon ta’lim forumi London shahrida bo‘lib o‘tmoqda.