AGENTLIK DIREKTORI OʻRINBOSARINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

#diqqat_eʼlon
#Samarqand_viloyati

📆 Joriy yilning 27-fevral kuni soat 10:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari Sevara Shakirova Samarqand shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi. 

✅ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat. 

🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Samarqand shahri, A.Temur ko‘chasi 82-“A” uy. (https://maps.app.goo.gl/6fz7TFnsNcytLPgAA)