AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan, Guliston shahridagi Prezident maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, Shirin shahar hamda Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktablari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Agentlik direktori oʻrganilgan maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.