“Agentlik Ingliz tili olimpiadasi"ning final bosqichiga start berildi

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻqitishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida  Agentlik tizimidagi maktablar uchun ikki bosqichli “Agentlik Ingliz tili olimpiadasi” tashkil etildi.

Olimpiadaning 1-bosqichidan (https://t.me/piimaolimpiada/45) yuqori natija koʻrsatgan jami 30 ta oʻquvchi Namangan viloyatida oʻtkazilayotgan final bosqichida ishtirok etishmoqda.

Olimpiadani yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida chet ellik mutaxassislar bilan birgalikda Namangan davlat universitetining yuqori malakali professor-oʻqituvchilari hakamlar hay'ati tarkibiga jalb etildi.

Natijalar va gʻoliblar haqida olimpiada yakunlangach batafsil xabar beramiz.