Agentlik jamoasi "Yashil makon" umummilliy lohiyasiga o‘z hissasini qo‘shmoqda

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy harakatiga start berilgan bo'lib, mazkur loyiha doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.  

Shu munosabat bilan, bugun 9-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi maydonini ko'kalamzorlashtirishga hissa qo'shish maqsadida mazkur muassasada istiqomat qiluvchilar bilan birgalikda ko‘chat ekish ishlarini tashkil etishdi. 

Loyiha doirasida muassasa maydoniga manzarali fotiniya, oddiy daraxtga nisbatan 4 barobar ko‘p kislorod ishlab chiqaruvchi pavloniya, mahalliy va qrim qarag‘ayi kabi daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.