Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) g'olibiga aylanishdi

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) g'olibiga aylanishdi.

Joriy yilning 25 iyul – 2-avgust kunlari Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilgan 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) dunyoning 65 davlatidan 260 nafar o‘quvchilar qatnashdi.

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham munosib ishtirok etib,  1 ta oltin hamda 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ular orasida Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh kimyogarlar va biologlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Durdona Muxtorxujayeva (bronza medal) va Ikromiddin Boymaxammadov (bronza medal) ham bor.

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularga bilim bergan o‘qituvchilarini hamda ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!