Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihon bo‘lib o‘tmoqda

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonlari boshlandi. Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Imtihonning shaffofligini ta'minlash va jarayonni kuzatish maqsadida ota-onalardan vakil ham qatnashmoqda.

Imtihonlar kompyuterda topshirilmoqda, natijalar ball ko‘rinishida o‘sha vaqtning o‘zidayoq kompyuter ekranida ko‘rinadi. Agentlik imtihon savollari yuzasidan INHA,  TATU va AMITY kabi universitetlar bilan hamkorlikda ish olib bordi. 

Imtihon karantin qoidalariga rioya qilgan holda o'tkazilmoqda. Shuningdek, ota-onalar uchun ham kutish joylari tashkil etilgan.

Eslatib o'tamiz, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Muhammad al Xorazmiy nomidagi maktab hududida 3 smenada (08:00, 12:00 va 16:00) da tashkil etiladi.