Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari tahsil oluvchilari "Yoshlar akademiyasi" a’zoligiga qabul qilinishdi

Bugun, 14-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Talaba va o‘quvchilar orasida kimyoviy texnologiya bo‘yicha fan festivali bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba va o‘quvchilar, xususan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabidan:

- Azimjon Jamolov,
- Shahzoda Hakimova,
- Axror Bahodirov,
- Ikromiddin Boymahammadov

hamda  "Yangi O'zbekiston" universitetidan
- Sobirjon Amanov,
- Firdavs Sobirov esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, "Yoshlar akademiyasi" a'zoligiga qabul qilindi.

Shuningdek, Abu Ali ibn Sino maktabining 50 nafar faol o‘quvchilari ham mazkur akademiyaga a'zo bo'lishdi.

O'quvchilarimizga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!