Agentlik tizimidagi maktablarda Amir Temur tavalludining munosabati bilan tadbir va musoboqalar o'tkazilmoqda

Agentlik tizimidagi maktablarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan turli tadbir va musoboqalar o'tkazilmoqda.

Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Sohibqiron bilimdonlari" intellektual ring bellashuvi o'tkazildi. Intellektual ringda 8 nafar o‘quvchi 3 ta shart asosida bellashdi:

 1-shart: Amir Temur davri va siyosiy hokimiyatiga bog‘liq tezkor savollar. 

 2-shart: Amir Temur va Temuriylar davrida ta’lim va madaniyatga bog‘liq  savollar.

 3-shart: "Amir Temur jahon nigohida" mavzusida savollar.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Amir Temur - buyuk saltanat me'mori" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab-internatning barcha o'quvchilari faol ishtirok etdilar. Sohibqiron hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning jahon maydonida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

Xuddi shunday, Namangan shahridagi Prezident maktabida ham Namangan viloyat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda "Amir Temur izdoshlari" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tkazildi. Tadbirda sohibqironning hayoti, davlat boshqaruvi san'ati hamda sarkardalik mahorati bilan bog'liq ibratli jihatlarga e'tibor qaratildi.

 

Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabida ''Amir Temur ikkinchi renessans asoschisi'' deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabimizning  9-sinf o'quvchilari ,, Adolat'' va ,, Temur avlodlari'' jamoalari buyuk ajdodimizning hayot yo'li va hukmronligi haqida egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazildi. 

Nukus shahridagi Prezident maktabida  "Amir Temur - buyuk sarkarda " nomli tadbir o'tkazildi.
Tadbirda o'quvchilar o'z ijodlari bilan qatnashdilar. Savol-javob o'yinlari o'quvchilarda ko'tarinki ruh uyg'otdi.