AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 203 NAFAR O'QUVCHILARI ASOSIY FAN OLIMPIADASIDA G'OLIB BO'LISHDI!

Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi natijalari e’lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 203 nafar o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi. Bu esa, Respublika bo‘yicha jami 630 ta o‘rinning 32,2 foizini tashkil etadi.

Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan bo‘lib o'tdi.

Ma’lumot uchun, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga asosan tashkil etildi.