Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova Nano yo‘ldosh yig‘ish va stratosferaga uchirish bilan shug‘ullanuvchi top-20 qizlar jamoasi safidan o‘rin oldi.
Go‘zalxon UNISEF, Tech4Impatc va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishga tushirilgan UniSat xalqaro taʼlim dasturida ishtirok etib, jamoaning eng yosh vakili bo‘ldi.
– To‘rt oy davomida dasturlash, muhandislik, maʼlumotlarni tahlil qilish, dizaynerlik, Nano yo‘ldoshni yig‘ish, jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalarini o‘rgandik. Yakunida stratosferaga Nano sunʼiy yo‘ldoshni uchirish uchun Markaziy Osiyo Challenge‘da qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Mart oyi yakunida Almatidagi Al Farobiy universitetida parvoz rejasini tuzamiz. Nano sunʼiy yo‘ldoshni 12 aprel kuni uchiramiz, – deydi Go‘zalxon Haydarova.