Agentlik tizimidagi pedagog-kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi trening tashkil etildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening ayni paytda Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treningda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabidan jami 40 nafar pedagog qatnashmoqda.

Treningning ilk kunida darsda o‘quvchilarning faolligini oshirish va o‘quvchi yondoshuvini yo‘naltirish bo‘yicha zarur metodlar xususida gapirildi.  Shuningdek, interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur seminar UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, o‘qituvchi kadrlarning kasbiy rivojlanishlari uchun maxsus model yaratish va uni sinovdan o'tkazish maqsad qilingan.