AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI:

#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar 

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: 
➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 

📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: 
➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📶 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.