Agentlik tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun, 30-iyul kuni Prezident ta’lim muassasalari tomonidan Agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 1-bosqich saralash imtihonlarining yakuni va pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan 30-iyul kuni jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil qilindi. 

Unda Agentlik rahbariyati hamda xorijiy o‘qituvchilar ishtirok etdi. Matbuot anjumani doirasida Prezident maktablariga saralash imtihonlarining yakuni haqida, shuningdek Agentlik tizimidagi maktablarga malakali, innovatsion va zamonaviy kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan tanlov jarayonlari haqida batafsil  ma’lumot berildi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2021/2022-o‘quv yili uchun Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktabiga qabul bo‘lib o‘tdi. Kirish imtihonlari ikki bosqichda bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Prezident maktablariga jami 103570 nafar o‘quvchining arizalari qabul qilingan. Birinchi bosqich imtihonlar Joriy yilning 26-, 27- va 28-iyul kunlari bo'lib o'tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 o‘quv yili uchun jami 1632 nafar talabgor o‘qishga qabul qilinadi. 

Joriy yilda Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan  shahridagi Prezident maktablariga 5 va 6 sinflarga;

Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-6-7-8-9-10 sinflarga qabul qilinadi.

Prezident maktablariga pedagog kadrlarni ishga qabul qilish yuzasidan joriy yilning 1-iyun sanasiga qadar job.piima.uz sayti orqali:

  • Prezident maktablariga - 1318 ta
  • ijod maktablariga - 89 ta 
  • ixtisoslashtirilgan maktablarga 110 ta talabgordan arizalar kelib tushdi.

job.piima.uz sayti orqali ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarning saralash quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tdi:

  1. Veb-saytda ariza berish va hujjatlarni taqdim qilish. Hozirda tanlovning birinchi bosqichi nihoyasiga yetgan.
  2. Test sinovlari. Bunda nomzodlari o‘z fani doirasida test topshirishdi. Mazkur test sinovlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida test sinovlari onlayn translatsiya qilindi.
  3.  Suhbat (onlayn/oflayn) – 3-bosqichda nomzodlar ZOOM platformasi orqali suhbatdan o‘tdilar. Mazkur intervyuda STEM fanlaridan dars beradigan o‘qituvchilari bilan ingliz tilida suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, job.piima.uz sayti orqali Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish istagida bo‘lgan chet ellik o‘qituvchilar ham ariza topshirganlar. Ta’kidlab o‘tish lozim, chet ellik o‘qituvchilarni saralab olishda ham bir qator talablar mavjud. Jumladan, ularning fan doirasidagi tajribasi, Cambridge Curriculum bilan ishlay olishi, pedagogik yondashuvi hamda iste’dodli bolalar bilan ishlash amaliyoti hisobga olinadi.

Jami ariza topshirganlardan 585 nafari uchinchi bosqich, ya’ni suhbatda ishtirok etdi.