Agentlik tomonidan onlayn vebinar tashkil etildi

Bugun, 6-avgust kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi, agentlik tizimidagi maktab o’qituvchilari va UNESCO vakillari ishtirokida onlayn vebinar bo’lib o’tdi. Vebinarda Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan o’qituvchilar malakasini oshirishning yangi tizimi va mazkur tizim haqidagi yakuniy xulosalar muhokama qilindi.

Agentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo’limi UNESCO bilan hamkorlikda yangi bir tizim ustida ishlamoqda. Rejaga ko'ra, Agentlik tizimidagi maktab o’qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish yuzasidan hamkorlik qilinadi. Hozirda ushbu yangi tizimni amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda.

Mazkur tizim onlayn va offlayn shaklda yangi o’quv yilidan e’tiboran joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.