Agentlik tomonidan o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikdagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan treningga start berildi.

Ushbu treningdan ko‘zlangan maqsad Prezident maktablarida Cambridge dasturi va qo'llanmalaridan samarali foydalanishlanishni tashkil etish va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishdir.

Treningni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

"Bugun hammangizni bu yerda ko'rib turganimdan xursandman. Ishonamanki, sizlar bilan birgalikda maktablarimizdagi ta'lim sifatini eng yuqori darajaga ko'taramiz. Bunda barcha ishtirokchilarga omad tilayman".

Cambridge tashkilotining ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King:

"O‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bunday tadbirlar tajriba almashinish maydonidir. Ular nafaqat o‘rganishadi, balki yangi g'oyalar olishadi".

Trening 13-sentabrga qadar davom etadi.