AGENTLIKDA DAVLAT XARIDLARIGA OID DAVRA SUHBATI

#moliyaviy_savodxonlik
#davra_suhbati

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasi bilan hamkorlikda davlat xaridlariga oid soha qonunchiligi, tizimning nazariy va amaliy asoslariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Agentlikning Moliya-iqtisod boshqarmasi, Buxgalteriya hisob bo‘limi mutaxassislari, tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning direktor va tegishli xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat xaridining mohiyati, maqsadi va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga davlat xaridlari tizimida savdolarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha taqdimot havola etildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.