Agentlikda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ta'lim dasturlari yuzasidan ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 24-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash yigilishi bolib otdi.

Unda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili fanlaridan ta’lim dasturlari, hamda robototexnika boyicha qollanma muhokama qilinib, mutaxassislar oz fikrlarini bildirishdi.

Ilmiy metodik kengash a'zolari tomonidan  yaratilgan ta'lim dasturlari xalqaro talablar asosida ishlab chiqilganligi e'tirof etildi.
Yigilish so'ngida muhoma etilgan  ta'lim dasturlari tajriba-sinov uchun tavsiya etildi.