AGENTLIKNING ROBOTI YARATILDI: KUTIB OLING PIIMANOID

#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni

Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “Prezident maktablari” paviloni ochilgani haqida xabar bergan edik (https://t.me/piimauz/17071). 

Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi. 

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi.

Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan.

Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega.

PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik.