Olimpiada g‘oliblari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan “Qo‘qon olimpiadasi” g‘oliblari va ularning ota-onasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Mazkur uchrashuv iqtidorli yoshlar hamda ular erishgan yutuqlarini keng targ‘ib etish va shu orqali mamlakatimizda ta’limga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni maqsad etgan.

Uchrashuvda Аgentlik rahbari Hilola Umarova  hamda Qo‘qon Universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yutuqlari bilan tabriklashdi.

Shundan so'ng, 1-o‘rin sohibi Asilbek Sunnatovning otasi farzandining g‘alabasidan xursandligini bildirdi: 

-  Bugungi kun bizning oilamiz uchun  esda qolarli bo'ldi. Shuni ta’kidlab o‘tishim lozimki, men veterenariya xodimiman, rafiqam esa matematika fani o‘qituvchisi. Bizdek oddiy oila uchun farzandlarimizning ushbu yutug'i ulkan baxt.

Tadbir yakunida g‘oliblarga o'z yutuqlari-avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.