“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–790-son, 17.08.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar ro‘y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab muayyan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o‘rnatiladi:
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi.
Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari to‘g‘risida OAV orqali aholi o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish:
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun mamlakatda favqulodda holat e‘lon qilish alohida “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solingan.