Akademik Dilorom Yusupova bilan onlayn suhbat o'tkazildi

 

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh kimyogarlar va biologlar ixtisoslashtirilgan maktab- internati oʻqituvchi va faol o'quvchilari 2020-yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda oʻtkazilgan “Akademik bilan suhbat” loyihasida ishtirok etishdi. Loyihaning bu galgi mehmoni sharqshunos, akademik Yusupova Dilorom Yunusovna bòldilar.

Konferensiyada oʻquvchilar sharqshunos, akademik Dilorom Yusupovaning hayotlari va ilmiy faoliyatlari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Konferensiya, nafaqat oʻquvchilar, balki bir qator ustozlarimiz uchun ham yangiliklarga boy bòldi. Dilorom Yunusova bir qator sharqshunos olimlar bilan birgalikda kòplab qòlyozmalarni òzbek tiliga tarjima qilishgan. Òquvchilarimizda bunday tarixiy qòlyozmalarga nisbatan qiziqiah uyģondi. Ular sharoit tuģilishi bilan bu qòlyozmalarni òqishni, òrganishni òz oldilariga maqsad qilib qòydilar.

Konferensiyada qatnashchilar òzlari uchun qiziq bòlgan, yechimini topa olmayotgan masalalardagi savollari bilan ham qatnashishdi. Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab internati òzbek tili fani òqituvchisi Zoirova Gòzal ham òzlarini ancha vaqtdan beri qiziqtirib kelgan savollari bilan qatnashdilar va bu savolning yechimini topdilar.

Sharqshunoslik, umuman, tarixiy qòlyozmalar bilan ishlash, ularni tarjima qilish, òoʻrganish, tarixni yangilash barcha uchun qiziqarli bòlgan mavzu hisoblanadi. Bugungi konferensiya ham xuddi shunday yangiliklarga boy, esdan chiqmaydigan, tarixga muhrlashga arzigulik konferensiya bòldi.