AKFA Universiteti 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazgan matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiadada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Sa’dullayeva Nodira matematika fanidan munosib ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni egalladi hamda 20 million so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi.