Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi oʻtkaziladi

🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tadi 

🔅 Mazkur xalqaro olimpiada 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.

🔸 Ushbu olimpiadada matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan  o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan. 

🔸 Bundan tashqari, yosh matematiklar xalqaro  olimpiadasida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarbayjon terma jamoalarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.  

🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.

🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.

🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan o‘zbekistonlik ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada  joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tadi.