Andijon Prezident maktabi "Yashil makon" umummilliy loyihasida

Xabaringiz bor, butun mamlakatimiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham munosib ishtirok etishmoqda.

Xususan, Andijon shahridagi Prezident maktabi jamoasi maktab hududida 16 tup archa, qarag'ay, mushmulla va boshqa ko'plab manzarali daraxtlar hamda 16 tup uzum toki ko'chatlarini ekishdi.

Bu kabi tadbirlar butun respublikamiz bo'ylab davom etmoqda.