Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyatdagi barcha yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari, nuroniy va faollar, shuningdek, maktab-internatiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda Agentlik direktori Hilola Umarova va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovlar o‘quvchilar va yig‘ilganlarni Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklagan holda, yangi ochilgan maktabda bilimlari natijasida Respublika va xalqaro miqyosda nufuzli o‘rinlarni zabt etishlarida o‘z tilaklarini bildirdilar.

Ochilish marosimidan so‘ng tashrif buyurganlar maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib,o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdilar.