Avstriya delegatsiyasi vakillari Agentlikda

Ayni damda O'zbekistonda bo'lib turgan Avstriya ishbilarmonlar delegatsiyasi vakillari - Bit media e-solutions GmbH ijrochi direktori Stefan Duss va Fruhmann GmbH, NTL Manufacturer & Wholesaler kompaniyasi bo'lim boshlig'i David Winkler Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv Avstriya tomonining murojaatiga binoan tashkil etilib, tomonlar e-learning platformasi, Agentlik tizimidagi maktablarni laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, shuningdek Bit-media kompaniyasi bilan hamkorlikda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga ekskursiya tashkil etildi.

Ma'lumot o'rnida, Bit-media e-solutions Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlib, taʼlim va boshqaruvni raqamlashtirish boʻyicha dunyo boʻylab loyihalarni amalga oshiradi.