Ayni damda butun Respublika bo’ylab Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlari bo’lib o’tmoqda

 

Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

Mazkur bosqichda talabgorlardan matematika fanidan test ishlash talab etiladi. Buning uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Prezident maktablari uchun imtihonlar “O’zekspomarkaz” ning 1-,2-,3- va 4-ko’rgazmalar zalida va 2-atrium zalida bo’lib o’tmoqda